• O`zbekcha
  • Русский
  • English

Bio qurt

  ERMAK bio qurtlari – O’zbekiston Respublikasi hududida fabrika sharoitlarida ishlab chiqariladigan yagona qurut mahsuloti hisoblanadi. Zamonaviy uskunalar tufayli qurut ishlab chiqarishdan qadoqlashgacha to’liq jarayonni amalga oshirib kelmoqdamiz. Hozirgi kunda 30 gramm, 47 gramm va 60 grammdan qadoq idishlardagi ERMAK biologik qurutlari O’zbekistonning istalgan supermarketida sotuvga chiqarilgan. Qurut – qatiq mahsuloti bo’lib, Markaziy Osiyoning ko’chmanchi xalqlari tomonidan ixtiro qilingan. Bu tabiiy kontsentrat – tuzli tabiiy sutdan olingan quritilgan tayyor masalliq (kontsentrat)dan iborat. Kirish xom ashyosi sifatini va butun ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazorat qilish qurut ishlab chiqarish asosini tashkil qiladi, bu esa bizga mahsulotni barqaror yuqori sifatli ishlab chiqarish imkonini beradi. ERMAK bio qurutlari nafaqat mazali, shuningdek foydali mahsulot hisoblanadi. Qurut iste’molchilarining 60 foizidan ziyodi bolalardan iborat bo’lib, bu tasodif emas. Qurutning bolalar uchun foydasi shak-shubhasiz. U ichakning me’yoriy mikroflorasi o’sishiga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi. Qurut oddiy sutga nisbatan organizm tomonidan tezroq va osonroq hazm qilinadi. ERMAK bio qurutlarining noyob tarkibi bolalarga ham, katta yoshdagilarga ham foydali. Ushbu qurut tarkibida A vitamini ko’p bo’lib, ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi, odam o’sishiga, hujayralar yangilanishiga va terining yosharishiga yordam beradi. Qurut tarkibi kaltsiyga juda boy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi va suyak to’qimalarini mustahkamlaydi. Qurut tarkibidagi E vitamini qonni kislorod bilan boyitgan holda hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi va tomirda qon ivib qolishlari (tromblar) yuzaga kelishining oldini oladi. Qurut ortiqcha yog’li taomlarni me’yorlashtiradi. Mazali qatiq mahsuloti issiqlikni osonroq o’tkazishga yordam beradi va issiq iqlimli mamlakatlarda iste’mol qilish uchun tavsiya etilgan. ERMAK bio qurutlari tarkibida asosiy moddalardan tashqari, bifido va laktobakteriyalar mavjudligi bilan ham noyob hisoblanadi. Qurutning o’ziga xos noyob tarkibi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bifidobakteriyalar ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi. ERMAK bio qurutlari ikki xil ta’m turida: an’anaviy va rayhon mazali biologik qurutlar ko’rinishida taqdim qilingan. Qurut ishlab chiqarish jarayoni


ERMAK bio qurutlarining birinchi partiyasini ishlab chiqarish 2008 yilda amalga oshirilgan. Ishlab chiqarish jarayoni o’zlashtirilishini shishalardan boshlaganmiz. Ushbu yo’nalish hozirgi kunda ham ommaviy bo’lib, bunda dumaloq shaklli qurut masalliq mahsulotlarini ikkita katta shisha o’rtasida jo’valab yoyish hisobiga olinadi. Hozirgi kunda “ERMAK” bio qurutlari O’zbekistonda (Markaziy Osiyoda) yagona zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladi. Biz iste’molchilarga mashhur mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini ko’rsatish maqsadida eng mas’uliyatli jabhaga – kompaniyaning ishlab chiqarish tsexiga nazar soldik. Sanitariya me’yorlariga rioya qilish – eng asosiy tamoyil hisoblanadi. Ishlab chiqarish tsexi nimasi bilandir davolash muassasasini eslatadi. Barcha ishchilar oq xalatlarda, sochlari puxta yig’ishtirib olingan, xona toza. Har qanday tasodifiy buzilgan mahsulot axlat savatiga tashlanadi. ERMAK bio qurutlarini ishlab chiqarish jarayoni oliy navli suzmaning tuz bilan aralashtirilishidan boshlanadi. Shundan so’ng biz bifido va laktobakteriyalarning tayyor qorishmasini qo’shamiz. Qurutning o’ziga xos noyob tarkibi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bifidobakteriyalar ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi. Bio qurut tarkibi tayyor bo’lgandan so’ng, u katta kvadratlarga shakllantiriladi va kichik kvadrat shakllarga maxsus pichoqlar yordamida kesib chiqiladi. Ushbu shaklchalar maxsus jo’valab yoyish mashinasi chizig’iga joylashtiriladi. Mashina xom ashyoga ishlov bergach, barcha uchun odatiy dumaloq shaklli biologik qurut tayyorlab chiqaradi. Mazkur apparat – yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda yagona. ERMAK kompaniyasi direktorining g’oyasini muhandislar oxiriga yetkazdilar va o’xshashi yo’q mashinani ixtiro qildilar. Siz “Boshqa ishlab chiqaruvchilar qurutlarni qanday tarzda jo’valaydilar?”, degan savol berishingiz mumkin. Katta shishalar yordamida, ular o’rtasiga xom ashyo joylashtiriladi va dumaloq shaklga kirgunga qadar jo’valanadi. Ushbu jarayonning kamchilik tomoni shundaki, bir paytning o’zida eng ko’pi bilan 15 dona qurut sharchasi jo’valanishi mumkin. Jarayon odamning faol ishtirokini talab qiladi va ko’p vaqt oladi. “ERMAK” ishlab chiqarishida o’rnatilgan mashina holatida esa qurutni jo’valash jarayoni maksimal darajada avtomatlashtirilgan. Bu biz kamroq vaqt mobaynida to’g’ri shaklli ko’proq mahsulot ishlab chiqarishimizni anglatadi. ERMAK bio qurutlari dumaloq shaklga kirganidan so’ng, ular maxsus taxtalarga taxlanadi va quritish kameralariga jo’natiladi. U yerda qurutlar to’liq quritilgunga qadar saqlanadi. O’rab joylashtirish (qadoqlash) uchun tayyor quritilgan qurut mayda notekisliklar bartaraf qilingan holda qo’lda tozalanadi. Tayyor mahsulot bevosita ushbu korxonada qadoqlanadi. Qurut ishlab chiqarishda qadoqlash idishi mahsulot tarkibi kabi muhim ahamiyatga ega. Aynan shu tufayli ERMAK bio qurutlari texnikaning eng so’nggi yutuqlariga asosan jihozlangan Germaniyaning qimmatbaho vakuumli qadoqlash uskunasida o’rab joylashtiriladi. Mahsulotni qadoqlashda qimmatbaho plyonka ishlatiladi. Sifatli vakuumlash ERMAK bio qurutlarining barcha foydali bifidobakteriyalari saqlanib qolishini ta’minlaydi. Suyuq suzmadan qadoqlangan qurutgacha ishlab chiqarish bosqichi o’rtacha 12 soatni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish bosqichining davomiyligi ob-havo sharoitlariga bog’liq. ERMAK bio qurutlari korxonasi ikki smenada ishlaydi, har bir smenada 15-16 nafardan kishi mehnat qiladi. Bugungi kunga kelib, ERMAK bio qurutlari O’zbekistonda o’xshashi yo’q eng zamonaviy uskunalar yordamida ishlab chiqariladi va qadoqlanadi. Nima uchun biz mahsulot ishlab chiqarilishi va qadoqlanishiga alohida urg’u bermoqdamiz? Afsuski, mamlakat bozorlari va do’konlari past sifatli qurutlar bilan to’ldirib yuborilgan. Boshqa kompaniyalarning o’z ishlab chiqarish korxonasi yo’qligi tufayli, qurut bozorda xarid qilinadi. Aksariyat holatlarda, bunday qurutlarga oq rang berish va og’irlik qo’shish uchun un bilan aralashtiriladi. Xarid qilingan mahsulot uning sifatli vakuumlanishini ta’minlay olmaydigan arzonbaho Xitoy qadoqlash uskunalarida o’rab joylashtiriladi. Natijada eskirib qolgan va tegishlicha himoyasiz mahsulot iste’molchi dasturxoniga kelib tushadi. Bunday keng ko’lamli ishlab chiqarishni rivojlantirish bizdan katta sarf-xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birga, natijalar bizning barcha urinishlarimizni oqlamoqda. Har uch oyda ERMAK savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan qurutlar sanitariya-epidemiologik stantsiya maxsus organlari tomonidan tekshiruvdan o’tkaziladi. Ularning sifatini tekshirish uchun bozorlarda vaqti-vaqti bilan mahsulotning nazorat xaridlari amalga oshiriladi. Ushbu barcha yillar mobaynida bir marta ham ERMAK mahsulotlarining sifat standartlariga javob bermaslik holati aniqlanmaganligidan haqli ravishda faxrlanamiz. Siz ERMAK bio qurutlarini mamlakatning istalgan do’konidan xarid qilishingiz mumkin. Siz xarid qilgan ushbu mahsulot sifati uchun javob beramiz.