• O`zbekcha
  • Русский
  • English

Kompaniya to’g’risida

 

“ERMAK” brendi 1992 yilda tashkil qilingan.

“ERMAK” mahsuloti bilan dam olish onlaringiz nafaqat shirin-mazali, balki foydali ham bo’ladi.

“ERMAK” logotipi o’zida hayotiy kuch va quvvatni mujassamlantiruvchi kungaboqarni ifodalaydi. Kungaboqarning har bir gulbargi – shuningdek, bir vaqtning o’zida, suv tomchilari – hayot ramzi va asosi hisoblanadi.

1996 yilda O’zbekistonda ilk bor “ERMAK” brendi ostida kungaboqar urug’larini fabrikada qayta ishlash, ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tashkillashtirildi. 2008 yildan boshlab “ERMAK” – O’zbekistonda birinchi va yagona fabrika sharoitlarida qurut ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Biz mahsulot turlarini muntazam ravishda kengaytirib boramiz. Hozirgi kunda “ERMAK” umumiy brendi ostida pistachka, qurut, quruq mevalar, teshikkulchalar va shirin kulchalar ishlab chiqariladi.

Kompaniya tashkil topgan kundan boshlab: “Foydali, mazali, toza” jumlasi kompaniyaning asosiy shioriga aylangan. “ERMAK” savdo belgisi ostida ishlab chiqariladigan har bir mahsulot ushbu asosiy mezonlarga javob beradi.

 


“ERMAK” – bu foydali
“ERMAK” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar organizm uchun foydali. Yaxshilab qovurilgan pistachkalar tarkibida vitaminlar va mikroelementlar majmui mavjud bo’lib, har kunlik ovqatlanish ratsioniga foydali qo’shimcha bo’lib xizmat qiladi.

“ERMAK” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan biologik qurut tarkibida bifido- va laktobakteriyalar mavjud bo’lib, ichak faoliyatini me’yorlashtirishga yordam beradi.

“ERMAK” quruq mevalarini ishlab chiqarish uchun eng yaxshi meva navlari, jumladan, subxona o’rik, Samarqand tog’ etaklarida yetishtiriladigan eng yirik uzum navlaridan foydalaniladi.

Oliy sifatli vakuumli qadoqlash idishlari mahsulotlarning foydali xossalarini saqlaydi. “ERMAK” savdo belgisi – O’zbekiston Respublikasi hududida o’z vakuumli qadoqlash idishlarini ishlab chiqaruvchi korxonaga ega yagona kompaniya hisoblanadi.

 


“ERMAK” – bu mazali
Biz iste’molchilar ta’b-didini hurmat qilamiz. Har bir odamning o’z yoqtirgan ta’m afzalliklari borligini tushungan holda, tajribalarga qo’l uramiz. Tajriba orqali mahsulotlarimiz turlarini xilma-xil qilishga erishdik.

“ERMAK” pistachkalari ikki turda: tuzlangan va tuzlanmagan ko’rinishda tayyorlanadi. Biz ikki turdagi: an’anaviy va rayhon mazali qurutlarni ishlab chiqaramiz. Quruq mevalar ishlab chiqarish muntazam ravishda kengaytirilib borilmoqda: danakli va danaksiz o’rik, qora va oq kishmish, olxo’ri va yong’oq.

 


“ERMAK” – bu toza
Sanitariya-gigiyena shartlari va GOST talablariga rioya qilish – faoliyatimizning asosiy qoidasi hisoblanadi. Bizga xom ashyo yetkazib beruvchilarni sinchiklab tekshiramiz. “ERMAK” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan qurut har uch oyda sanitariya-epidemiologik stantsiya maxsus organlari tomonidan tekshiruvdan o’tkaziladi. Har yarim yilda pistachka ishlab chiqarish puxta tekshiruvdan o’tkaziladi. Ularning sifatini tekshirish uchun bozorlarda vaqti-vaqti bilan mahsulotning nazorat xaridlari amalga oshiriladi.

Yigirma yillik ishlab chiqarish mobaynida bir marta ham “ERMAK” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifat standartlariga javob bermaslik holati aniqlanmaganligidan haqli ravishda faxrlanamiz.

Mahsulotlarning yuqori sifatga egaligi – xodimlarimiz mehnatining natijasi hisoblanadi. Hozirgi kunda “ERMAK” kompaniyasi ishlab chiqarishida 100 nafardan ortiq kishi ishlamoqda. Mahsulot uchun katta buyurtmalar hajmlari va yuqori talab pistachkalar ishlab chiqarilishi uch smenada, haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat mobaynida amalga oshirilishiga olib keldi.

Mahsulotning keng ko’lamli ishlab chiqarilishi, zamonaviy qadoqlash uskunalari va yuqori sifatliligi eksportni yanada kengaytirishga va chet ellik sheriklar bilan o’zaro hamkorlik qilish imkonini beradi. “ERMAK” kompaniyasi mahsulotlari Qozog’iston va AQSh bozorlariga yetkazib berilmoqda, Rossiya va boshqa mamlakatlarga yetkazib berish to’g’risida muzokaralar olib borilmoqda.

Sizning “ERMAK” kompaniyasi mahsulotlariga bildirgan ishonchingizni qadrlaymiz.

 


Assalomu alaykum!

Siz “ERMAK” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qiziqish bildirganligingiz uchun men juda mamnunman.
Ushbu saytda biz kompaniya qadriyatlari to’g’risida mehr-ishtiyoq bilan hikoya qilamiz, har bir mahsulotni batafsil ta’riflab o’tamiz.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish – murakkab va mas’uliyatli jarayon. Mahsulot sifatini kafolatlash ishlab chiqaruvchining vijdoniga havola.

Biz bugun ishlab chiqarilgan va qadoqlangan “ERMAK” quruti ertaga bola tomonidan iste’mol qilinishini yaxshi tushunamiz. Ehtimol, bu mening o’g’lim yoki nevaram bo’lishi mumkin. Aynan shu tufayli men va kompaniyamizning har bir xodimi mahsulot ishlab chiqarishda o’zimiz, o’z bolalarimiz to’g’risida o’ylaymiz.

Biz ko’rgazmaga qo’yish yoki uyimizga olib ketish uchun pistachka, qurut, quruq mevalarni umumiy konveyerdan olamiz. Mahsulotlarimizning foydali va sifatli ekanligiga ishonchimiz komil hamda yigirma yillik ishlab chiqarish mobaynida bir marta ham mahsulotning buyurtma qilingan sifatiga javob bermaslik holati aniqlanmaganligidan haqli ravishda faxrlanamiz.

Faoliyatimiz tartib-qoidalari tavsifini “Kompaniya to’g’risida” bo’limida o’qib chiqishingiz, “Mahsulotlar” turkumida mahsulot turlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

“ERMAK” mahsulotini tanlaganligingiz uchun Sizga minnatdorlik bildiramiz.
Sizga va farzandlaringizga yoqimli ishtaha va a’lo darajali sog’liq tilaymiz.

Valijon Qo’chqorovich Salixov.
“ERMAK” kompaniyasi Direktori.