• O`zbekcha
  • Русский
  • English

Hamkorlarga

“ERMAK” savdo belgisi (brendi) O’zbekiston bozorida 1996 yildan boshlab taqdim qilingan. O’tgan davr mobaynida mahsulotimiz O’zbekiston iste’molchilari o’rtasida ommaviylashdi. Puxta yo’lga qo’yilgan hamkorlik munosabatlarimiz tufayli bir qator “ERMAK” mahsulotlarini AQSh va Qozog’istonga eksport qilmoqdamiz.

Asosiy faoliyat sohasi: kungaboqar urug’larini qayta ishlash, ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.

ERMAK” umumiy brendi ostida turli xil biologik qurutlar va quruq mevalar ishlab chiqariladi. “ERMAK” mahsulotlari oddiy iste’molchilar tomonidan ham, ekspertlar tomonidan ham e’tirof qilingan barqaror sifati va ta’mi bilan ajralib turadi.

Kompaniya o’zaro foydali hamkorlik munosabatlari rivojlantirilishini maqsad qilgan. Biz O’zbekiston qonunlariga to’liq muvofiqlikda faoliyat yuritamiz.

Hamkorlik munosabatlarining ikkita varianti mavjud. Siz kompaniyaga ofisiga murojaat qilib, bevosita kontraktni rasmiylashtirishingiz mumkin. Biz mahsulot to’g’risida to’liq ma’lumotlar berishga, to’lov shartlarini muhokama qilishga, ishlab chiqarish korxonasida ekskursiya o’tkazishga tayyormiz. 100 foiz oldindan to’lov kontrakt tuzilishining majburiy sharti hisoblanadi.

Ikkinchi variant – O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi orqali kompaniyamiz bilan hamkorlik shartnomasi tuzilishi. To’lov birja orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda, birja har ikki tomon majburiyatlari bajarilishiga kafolat beradi.

2012 yilda “Rosselxoznadzor” (“Rossiya qishloq xo’jaligi nazorati”) Rossiya hududiga jismoniy shaxslar tomonidan quruq mevalar olib kirilishini taqiqlab qo’ydi. Hozirgi kunda faqat yuridik shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududiga quruq mevalar yetkazib berilishini amalga oshirish huquqiga ega. “ERMAK” kompaniyasi mahsulotning barcha foydali xossalari saqlanib qoladigan qulay qadoq idishlarda premium turkumli quruq mevalarni taklif qiladi. Biz mahsulot sifatini va hamkorlik shartnomasi shartlariga rioya qilinishini kafolatlaymiz.

Biz Sizni o’z hamkorlarimiz qatorida ko’rishdan mamnunmiz va quyidagi telefon raqamlari bo’yicha hamkorlik variantlarini muhokama qilishga tayyormiz: +998 71 228 00 06, +998 95 170 23 33, +998 71 148 03 03.