Ermak Pistachkalari

Avvallari pistachkalar uyda qovurilgan, har bir ko’cha boshida esa ayollar ularni stakanlab qog’oz o’ramiga solib sotishgan. 1996 yilda Markaziy Osiyo hududida pistachkalarni ishlab chiqarish va ularni fabrikada qadoqlashni asosiy maqsad qilgan birinchi korxona paydo bo’ldi. O’zbekistonda birinchi fabrika pistachkalari “ERMAK” savdo belgisi ostida paydo bo’ldi.

Saralangan ERMAK pistachkalari firma retsepti bo’yicha zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladi. Bizning mahsulotimiz faqat bozorda o’z mustahkam o’rniga ega bo’ldi, balki savdo-sotiqlar yetakchisiga ham aylandi. Bozor ehtiyojlarini to’liq darajada ta’minlash maqsadida ERMAK pistachkalarini ishlab chiqarish uch smenada, haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat mobaynida amalga oshirilmoqda.

Uch turdagi (tuzlangan, tuzli va tuzlanmagan) ERMAK pistachkalari 160 gramm, 100 gramm va 40 grammdan yangi brendlangan qadoq idishda sotuvga chiqarilgan.

Pistachkalar foydali tamaddi qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, ochlik hissini qondiradi. 100 gramm mahsulotning energetik qiymati 578 Kkal.ni tashkil qiladi. Yaxshilab qovurilgan pistachkalar – ovqatlanish ratsioniga ajoyib qo’shimcha hisoblanadi, chunki tarkibida ko’p miqdorli vitaminlar va aminokislotalar mavjud.

Pistachkalarni vitaminlar tarkibi bo’yicha yaxshi vitaminli majmua bilan tenglashtirish mumkin. Kungaboqar urug’lari tarkibida A, C, D, E vitaminlari va B guruhidagi ayrim vitaminlar mavjud.

Pistachkalar uglevodlarga, limon va vino kislotalariga boy. Uning tarkibida magniy, fosfor, ftor, yod va boshqa minerallar mavjud. Pistachkalar kaliy tarkibi bo’yicha banan va apelsinlardan 5 marta ustundir.

To’g’ri qovurilgan va fabrikada qadoqlangan taqdirdagina mahsulotning foydali xossalarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari hamda mahsulotni qayta ishlash va qadoqlashga nihoyatda sinchkovlik bilan puxta yondashuv tufayli ERMAK o’z pistachkalarining yuqori sifatliligi va mazaliligini kafolatlaydi.

 

 

 

 


Bizning mahsulotlar

O’zbekiston Respublikasi hududida fabrika sharoitlarida ishlab chiqariladigan yagona qurut mahsuloti hisoblanadi

ERMAK Bio Qurt is the only factory-made qurt in Uzbekistan

(Русский) Компания Ermak с 2017 года начала производить миндаль и арахис

(Русский) Мы покупаем исключительно высший сорт в Узбекистане