Quruq mevalar

 


“ERMAK” quritilgan o’riklari (o’riq qoqilari)

“ERMAK” quritilgan o’riklari (o’rik qoqilari) – kompaniya mahsulotlari orasida eng ommaviy quruq meva hisoblanadi.
Yangi uzilgan o’rik mevalarini quritish orqali danaksiz bargak turshagi, o’rik qoqi, kays kabi turli xil quruq mevalar olinadi: quritilgan danakli o’rik – bu o’rik qoqi; quritilgan danaksiz ikkiga bo’lingan o’rik – bu bargak turshagi; quritilgan danaksiz butun o’rik – bu kays deb nomlanadi.

“ERMAK” savdo belgisi (brendi) ostida quritilgan kays o’rigi va quritilgan o’rik qoqi ishlab chiqariladi.

“ERMAK” premium turkumli quruq mevalar ishlab chiqaradi. Har ikki turdagi quritilgan o’rik tayyorlashda oliy navli Subxon o’riklari ishlatiladi. Bunday yirik quritilgan o’rik mevalarini bozorlarda uchratmaysiz.

“ERMAK” quritilgan o’riklarining afzalligi – vakuumli qadoqlanishdan iborat. Bizning mahsulotimiz yuqori to’siq xossalariga ega ko’p qatlamli plyonka yordamida germetik yopiladi. Bunday ko’rinishdagi quritilgan o’rik o’z foydali xossalarini yo’qotmaydi, yumshoqligi va tozaligini saqlab qoladi.

“ERMAK” quritilgan o’riklari bu oddiygina a’lo darajali tamaddi emas, balki organizmga ham ahamiyatli yordam beradi. 100 gramm mahsulotning energetik qiymati 242 Kkal.ni tashkil qiladi. Quritilgan o’riklar tarkibi kaltsiy, temir, fosfor, mineral moddalari, kaliy, magniy moddalariga boy. Danaksiz bargak turshagi tarkibida o’simlik shakari (saxaroza), fruktoza va glyukozalar mavjud bo’lib, bu ushbu quruq mevalarning shirin ta’mini paydo qiladi.

Besh dona quritilgan o’rik odamning temir moddasiga bo’lgan bir sutkalik ehtiyojini qondiradi. Yurak-tomir kasalliklarida danaksiz bargak turshagi tayinlanadi, chunki uning tarkibida ko’p kaliy tuzlari mavjud. Quritilgan o’rik endokrin kasalliklarini profilaktika qilish uchun a’lo vosita hisoblanadi.

“ERMAK” quritilgan o’riklarini saqlash muddati 12 oyni tashkil qiladi. Mahsulot germetik qadoqlanishi tufayli o’z foydali xossalarini uzoq vaqt saqlab qoladi.


 


“ERMAK” quritilgan olxo’rilari (olxo’ri qoqilari)

“ERMAK” quritilgan olxo’rilari – oliy navli olxo’rilardan tayyorlangan premium turkumli tabiiy mahsulot hisoblanadi.
“ERMAK” qora olxo’rilari – tabiiy mahsulot. Kimyoviy qayta ishlash mavjud emasligi va ko’p qatlamli vakuumli qadoq idish mevaning foydali xossalarini saqlab qoladi.

100 gramm mahsulotning energetik qiymati 242 Kkal.ni tashkil qiladi.

Qora olxo’ri (olxo’ri qoqi) yangi uzilgan olxo’ri tarkibiga kiruvchi foydali moddalarni saqlab qoladi. Qadimdan eng foydali quritilgan olxo’rilar – bu danakli qora olxo’rilar (olxo’ri qoqilar), deb hisoblangan. “ERMAK” quritilgan olxo’rilari ushbu barcha ko’rsatkichlarga javob beradi.

“ERMAK” qora olxo’rilari tarkibida o’simlik shakari (saxaroza), fruktoza, glyukozalar, organik kislotalar va mineral moddalar mavjud. Mahsulot tarkibi B1, B2, C, PP vitaminlariga, A provitaminiga boy bo’lib, tarkibida kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir moddalari mavjud.

Qora olxo’ri (olxo’ri qoqi) ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Quritilgan olxo’ri mevalari ovqatni hazm qilish tizimi ishini me’yorlashtiradi. Oshqozon kasalliklarida kuniga bor-yo’g’i 5-6 dona olxo’ri kifoya qiladi.

Qora olxo’ri (olxo’ri qoqi) yurak-tomir kasalliklari erta bosqichlarida yordam beradi. Qon bosimini va organizmda moddalar almashinuvini me’yorlashtiradi. “ERMAK” quritilgan qora olxo’rilari buyrak, bod, jigar va ateroskleroz kasalliklarida foydalidir.

“ERMAK” quritilgan qora olxo’rilari tetiklantiruvchi xossalarga ega, pasaygan ishlash qobiliyatini tiklaydi, organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.

 


 

“ERMAK” kishmishlari

“ERMAK” Shigani kishmishi – oliy navli uzumdan tayyorlangan premium turkumli tabiiy mahsulot hisoblanadi.

“ERMAK” quritilgan uzum mevasi Samarqand tog’ etaklarida yetishtirilgan eng yirik uzum navlaridan olingan. Aynan ushbu hududda sug’orish vaqtida uzumzorlarni kimyoviy usul bilan sug’orish qo’llanilmaydi. Uzum yetishtirish va “ERMAK” Shigani kishmishini quritishda kimyoviy ishlov berish mavjud emas. Bu bizga “ERMAK” bozorga faqat tabiiy mahsulot ishlab chiqaradi, deyish huquqini beradi.

Ko’p qatlamli vakuumli qadoqlash idishlari quruq mevaning foydali xossalarini saqlash imkonini beradi, shu tufayli mahsulotni saqlash muddati 12 oyni tashkil qiladi. 100 gramm mahsulotning energetik qiymati 242 Kkal.ni tashkil qiladi.

Shigani – quritilgan uzum mevasi turlaridan biri. Ko’k yoki qora tuslar tovlanib turadigan to’q rangli bo’ladi. Quruq meva danaksiz bo’lib, uning ikki turi mavjud: juda ham shirin va quruq konsistentsiyali biroz shirinroq.

Mayiz tarkibidagi foydali moddalar to’yinganlik darajasi (kontsentratsiyasi) uzumdagiga nisbatan bir necha marta yuqoridir. Qora mayiz tarkibida oq mayizga nisbatan foydali moddalar ko’proq.

Odam organizmi uchun kishmish foydasi uning vitaminlar va mikroelementlarga boy tarkibi bilan belgilanadi. “ERMAK” Shigani kishmishi tarkibida B1, B2, C, P vitaminlari, karotin, foliy kislotasi va kaltsiy, kaliy, magniy, fosfor, temir, yod mineral moddalari mavjud.

“ERMAK” Shigani kishmishi bosh miyaning to’laqonli ishlashini faollashtiradi, tomirda qon ivib qolishlari (tromblar) yuzaga kelishining oldini oladi. Immunitetni mustahkamlashga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi.



“ERMAK” yong’oqlari

“ERMAK” yong’oqlari – premium turkumli tabiiy mahsulot hisoblanadi. Qadoq idishga tozalangan, saralangan oliy navli yong’oq mag’izlari joylashtirilgan. Kimyoviy ishlov berish mavjud emasligi va ko’p qatlamli vakuumli qadoq idish mahsulotning foydali xossalarini saqlab qoladi.

100 gramm mahsulotning energetik qiymati 653 Kkal.ni tashkil qiladi.

Yong’oqni muntazam ravishda iste’mol qilish odam sog’lig’ini yaxshilaydi. Yong’oq yod tarkibiga boyligi tufayli qalqonsimon bez kasalliklariga ega bemorlar ovqatlanish ratsioniga qo’shiladi.

Yong’oq asab kasalliklarida, yurak va shamollash bilan bog’liq kasalliklarda yordam beradi. U jigarni mustahkamlaydi, oshqozon bezlari shira chiqarishi (sekretsiyasi)ni me’yorlashtiradi, kamqonlik (anemiya)ni davolashda qo’llaniladi.

Yong’oq immun tizim holatini yaxshilaydi va xotiraga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Sog’liqni saqlash uchun kuniga eng kamida 30 gramm iste’mol qilish tavsiya etiladi. Aynan yong’oq misolida – bu 7 dona yong’oqni yoki 14 ta pallasini tashkil qiladi.

Tozalangan yong’oq noto’g’ri saqlangan taqdirda, o’z foydali xossalarini tezda yo’qotadi. “ERMAK” yong’oqlarining germetik vakuumli qadoq idishi mahsulotning foydali xossalari maksimal darajada saqlanib qolishini ta’minlaydi.


Bizning mahsulotlar

Оранжевые семечки 1 2 3

Uch turdagi (tuzlangan, tuzli va tuzlanmagan) ERMAK pistachkalari

Курт 4 5 6

O’zbekiston Respublikasi hududida fabrika sharoitlarida ishlab chiqariladigan yagona qurut mahsuloti hisoblanadi

Basilik 4 5 6

ERMAK Bio Qurt is the only factory-made qurt in Uzbekistan

Арахис

(Русский) Компания Ermak с 2017 года начала производить миндаль и арахис

Бодом

(Русский) Мы покупаем исключительно высший сорт в Узбекистане