Ermak dan oilaviy fototanlov

Ermak brendning Facebook-betida Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag’ishlangan fototanlov o’tkazdi. Қatnashish shartlari juda oddiy bo’ldi: bolalar ishtirok etgan oilaviy, quvnoq va kreativ suratga olish lozim edi. Ermak reklama fotosessiyasi aksiyaning bosh mukofoti bo’ldi.

Tanlov 30 maydan 13 iyungacha o’tkazildi, g’oliblar 14 iyun kuni e’lon qilindi.

Ishtirokchilar g’aroyib, yorqin va xayrli oilaviy fotosuratlar jo’natishdi, ular bilan quyidagi betda tanishish mumkin: www.facebook.com/Ermak.uz/.

Birinchi o’rinni va brendning reklama fotosessiyasida ishtirok etish huquqini Adelya Miraxmedova qo’lga kiritdi, 2-3 o’rinlarni Ravshan Tojiboyev va sevara asanovalar egalladilar.

Tomoshabinlarga ma’qul bo’lish mukofoti Valentina Mitsoga nasib etdi.

13391442_1270066233004737_1675557583728759744_o

Va albatta, fototanlovning har bir ishtirokchisi brenddan sovg’a – Ermak mahsulotlari solingan paket qabul qildi.

Barchalaringizga ishtirok etganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz, yangiliklarni kuzatib boring. Tez orada mukofotli fotosessiya natijalarini e’lon qilamiz.


Ermak bilan bog`liq boshqa yangiliklar