Qurt kubik 47 gr (Klassik)

Tarkibi: Sut chakka, bifidobakteriyalar, yodlangan tuz.
47 gr, bir qutida 40 dona

ERMAK bio qurtlari – O’zbekiston Respublikasi hududida fabrika sharoitlarida ishlab chiqariladigan yagona qurut mahsuloti hisoblanadi. Zamonaviy uskunalar tufayli qurut ishlab chiqarishdan qadoqlashgacha to’liq jarayonni amalga oshirib kelmoqdamiz.

Hozirgi kunda 30 gramm, 47 gramm va 60 grammdan qadoq idishlardagi ERMAK biologik qurutlari O’zbekistonning istalgan supermarketida sotuvga chiqarilgan.

Биокурт ERMAK представлен в двух вкусовых вариантах: традиционный вкус и биокурт с базиликом.

 

ERMAK bio qurutlari tarkibida asosiy moddalardan tashqari, bifido va laktobakteriyalar mavjudligi bilan ham noyob hisoblanadi. Qurutning o’ziga xos noyob tarkibi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Bifidobakteriyalar ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi.

Ishlab chiqarishdan bir nechta suratlar

Qurtning foydali xususiyatlari

 ERMAK bio qurutlari nafaqat mazali, shuningdek foydali mahsulot hisoblanadi. Qurut iste’molchilarining 60 foizidan ziyodi bolalardan iborat bo’lib, bu tasodif emas. Qurutning bolalar uchun foydasi shak-shubhasiz. U ichakning me’yoriy mikroflorasi o’sishiga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi. Qurut oddiy sutga nisbatan organizm tomonidan tezroq va osonroq hazm qilinadi.

ERMAK bio qurutlarining noyob tarkibi bolalarga ham, katta yoshdagilarga ham foydali. Ushbu qurut tarkibida A vitamini ko’p bo’lib, ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi, odam o’sishiga, hujayralar yangilanishiga va terining yosharishiga yordam beradi. Qurut tarkibi kaltsiyga juda boy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi va suyak to’qimalarini mustahkamlaydi. Qurut tarkibidagi E vitamini qonni kislorod bilan boyitgan holda hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi va tomirda qon ivib qolishlari (tromblar) yuzaga kelishining oldini oladi. Qurut ortiqcha yog’li taomlarni me’yorlashtiradi. Mazali qatiq mahsuloti issiqlikni osonroq o’tkazishga yordam beradi va issiq iqlimli mamlakatlarda iste’mol qilish uchun tavsiya etilgan.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Qurt kubik 47 gr (Klassik)&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So'rov qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz