Qurt kubik 60 gr (Klassik)

Tarkibi: Sut chakka, bifidobakteriyalar, yodlangan tuz.
60 gr, bir qutida 35 dona

 ERMAK bio qurtlari – O’zbekiston Respublikasi hududida fabrika sharoitlarida ishlab chiqariladigan yagona qurut mahsuloti hisoblanadi. Zamonaviy uskunalar tufayli qurut ishlab chiqarishdan qadoqlashgacha to’liq jarayonni amalga oshirib kelmoqdamiz.

Hozirgi kunda 30 gramm, 47 gramm va 60 grammdan qadoq idishlardagi ERMAK biologik qurutlari O’zbekistonning istalgan supermarketida sotuvga chiqarilgan.

 

ERMAK bio qurutlari ikki xil ta’m turida: an’anaviy va rayhon mazali biologik qurutlar ko’rinishida taqdim qilingan.

 ERMAK bio qurutlari tarkibida asosiy moddalardan tashqari, bifido va laktobakteriyalar mavjudligi bilan ham noyob hisoblanadi. Qurutning o’ziga xos noyob tarkibi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Bifidobakteriyalar ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi.

Ishlab chiqarishdan ba'zi fotosuratlar

Kurtning foydali xususiyatlari

Qurut – qatiq mahsuloti bo’lib, Markaziy Osiyoning ko’chmanchi xalqlari tomonidan ixtiro qilingan. Bu tabiiy kontsentrat – tuzli tabiiy sutdan olingan quritilgan tayyor masalliq (kontsentrat)dan iborat.

Kirish xom ashyosi sifatini va butun ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazorat qilish qurut ishlab chiqarish asosini tashkil qiladi, bu esa bizga mahsulotni barqaror yuqori sifatli ishlab chiqarish imkonini beradi. ERMAK bio qurutlari nafaqat mazali, shuningdek foydali mahsulot hisoblanadi. Qurut iste’molchilarining 60 foizidan ziyodi bolalardan iborat bo’lib, bu tasodif emas.

Qurutning bolalar uchun foydasi shak-shubhasiz. U ichakning me’yoriy mikroflorasi o’sishiga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi. Qurut oddiy sutga nisbatan organizm tomonidan tezroq va osonroq hazm qilinadi. ERMAK bio qurutlarining noyob tarkibi bolalarga ham, katta yoshdagilarga ham foydali.

Ushbu qurut tarkibida A vitamini ko’p bo’lib, ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi, odam o’sishiga, hujayralar yangilanishiga va terining yosharishiga yordam beradi. Qurut tarkibi kaltsiyga juda boy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi va suyak to’qimalarini mustahkamlaydi.

Qurut tarkibidagi E vitamini qonni kislorod bilan boyitgan holda hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi va tomirda qon ivib qolishlari (tromblar) yuzaga kelishining oldini oladi.Qurut ortiqcha yog’li taomlarni me’yorlashtiradi. Mazali qatiq mahsuloti issiqlikni osonroq o’tkazishga yordam beradi va issiq iqlimli mamlakatlarda iste’mol qilish uchun tavsiya etilgan.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Qurt kubik 60 gr (Klassik)&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So'rov qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz