Brend xaqida
ERMAK brendi 1992-yilda atigi uch kishilik kichik oilaviy kompaniya sifatida asos solingan. Bosh g‘oya oddiy, ammo kuchli edi – ishonch bilan iste’mol qilinadigan tabiiy mahsulotlar yaratish. Bugunga kelib, ERMAK 750 dan ortiq xodimga ega, 6 ta ishlab chiqarish maydonchasi va mahsulotlarini dunyoning 12 dan ortiq mamlakatlariga eksport qiluvchi xalqaro kompaniyaga aylandi. Bugun ERMAK mahsulotlari nafaqat O‘zbekiston, balki zamonaviy Turkiya ishlab chiqarish quvvatlarida ham tayyorlanadi. Kompaniyaning ofislari BAA va Janubiy Koreyada faoliyat yuritmoqda. Shunga qaramay, biz o‘z ildizlarimiz va falsafamizga sodiq qolamiz – mehr, mas’uliyat va halollik bilan yaratilgan tabiiy va mazali mahsulotlar ishlab chiqish. ERMAK o‘sishda davom etmoqda – an’analar, texnologiyalar va millionlab iste’molchilarning ishonchini birlashtirib.
Kompaniya tarixi
1996-yilda ERMAK Oʻzbekistonda zamonaviy qadoqlashning dastlabki kashshoflaridan biri boʻlib, birinchi qadoqlangan kungaboqar urugʻlarini ishlab chiqara boshladi. 2008-yilda ERMAK Oʻzbekistonda birinchi boʻlib qurt ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi, ushbu milliy mahsulotni sanoat darajasiga olib chiqib, an’anaviy oʻzbek ta’mlarining tarixida yangi sahifa ochdi. Bugungi kunda ERMAK yagona brendi ostida 100 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.